18:35 / 03.03.2017
4 648

Luis Enrike: Tinimsiz mehnat tufayli «Barselona»ni tark etmoqdaman

Luis Enrike: Tinimsiz mehnat tufayli «Barselona»ni tark etmoqdaman

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu mavsum yakunida jamoani tark etishi haqidagi qaroriga izoh berib o‘tdi.

“Juda ko‘p o‘yladim. Yozgi yig‘inlar chog‘i agentim Robert Fernandes va Albert Soler bilan suhbatlashdim, klub bilan shartnomani uzaytirmasligim mumkinligi haqida aytgandim.

Ular yana o‘ylab ko‘rishimni so‘rashdi. O‘shanda yakuniy qarorimni aytgandim va shu payt ham etib keldi. Nihoyat, “Barsa”dan ketishimni e’lon qildim.

Buning asosiy sababi kasbning tinimsiz mehnatdan iboratligida. Faqat shu ish bilan yashayman. Dam olish uchun juda kam vaqt bo‘ladi. Takrorlayman, ketishimning asosiy sababi ham faqat shunga bog‘liq.

“Barselona” yoshlar va asosiy jamoasini boshqarish imkoniyatini berganlari uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Esda qolarli ko‘p yillarni o‘tkazdim.

3ta musobaqada ishtirok etyapmiz, oldimizda qiziqarli 3 oy turibdi. Chempionlar ligasi? Qiyin pallada turibmiz, ammo keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman», – dedi Luis Enrike.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: Tinimsiz mehnat tufayli «Barselona»ni tark etmoqdaman