00:28 / 04.03.2017
3 313

Londonda 2017 yilning eng yaxshilari aniqlandi

Londonda 2017 yilning eng yaxshilari aniqlandi

Angliya poytaxti London shahrida futbol bo‘yicha London Football Awards 2017 mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Darakchi nashri.

Unga ko‘ra, “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte eng yaxshi murabbiy, ushbu klubning yarim himoyachisi N’Golo Kante eng yaxshi futbolchi deb topildi.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli fransiyalik yarim himoyachi “Lester” bilan Angliya chempioni bo‘lgandi, joriy mavsumda esa “Chelsi” bilan yana chempion bo‘lishga yaqin turibdi.

“Tottenxem” xavbeki Dele Alli Londonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Eng yaxshi posbon sovrini “Tottenxem” darvozaboni Ugo Lorisga nasib qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Londonda 2017 yilning eng yaxshilari aniqlandi