09:03 / 04.03.2017
4 807

«Barselona»ning 10 futbolchisi UEFA tomonidan doping nazoratidan o‘tkazildi

«Barselona»ning 10 futbolchisi UEFA tomonidan doping nazoratidan o‘tkazildi

UEFA 3 mart kuni "Barselona"ning 10 nafar futbolchisini doping nazoratidan o‘tkazdi. Xerard Pike, Serxi Roberto, Xaver Maskerano, Xordi Alba, Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Andres Inesta, Luis Suares, Neymar hamda Lionel Messi tahlil uchun qon va peshob topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klublarning futbolchilarini nazoratdan o‘tkazib turadi. "Barselona" 1/8 finalda "PSJ"ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushishi lozim. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar safarda 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona»ning 10 futbolchisi UEFA tomonidan doping nazoratidan o‘tkazildi