07:15 / 05.03.2017
4 201

Hujum qirollari. Qanday qilib “Monako” Evropaning eng samarali jamoasiga aylandi?

Hujum qirollari. Qanday qilib “Monako” Evropaning eng samarali jamoasiga aylandi?

Bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» – «Monako» o‘yinidan so‘ng «Monako» jamoasi Evropaning eng samarali jamoasi ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. Zamin.uz blogi “Monako” ning ushbu mavsumdagi foydali yurishlari haqida fikr yuritadi.

Ushbu mavsumda o‘z uyida “Nissa” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan “Monako” barcha musobaqalarda urilgan gollarini 100 ta etkazib oldi va Evropaning eng samarali jamoasi nomiga egalik qilib turibdi. Fransiyaliklardan tashqari ushbu natijani Ispaniyaning “Barselona” jamoasi ham takrorladi. “Monegaskliklar” va “kataloniyaliklar” etakchi 5 ta ligada ishtirok etuvchi klublar orasida barcha musobaqalarda qo‘lga kiritgan natijalari bo‘yicha birinchilardan bo‘lib eng samarali klubga aylanishdi. O‘zining 100-golini “Monako” 38 ta o‘yinda, “Barselona” esa 36 ta o‘yinda urishga erishdi.
«Barselona» va «Monako» klubining raqiblari darvozasiga urgan birinchi 100 ta goli musobaqalar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

Barselona:
La Liga: 55 ta gol
Chempionlar Ligasi: 20 ta gol
Ispaniya kubogi: 20 ta gol
Ispaniya Superkubogi: 5 ta gol.

Monako:
Liga 1: 68 ta gol
Chempionlar Ligasi: 16 ta gol
Fransiya kubogi: 7 ta gol
Liga kubogi: 9 ta gol.
«Monegaskliklar» uchun ushbu mavsumning yana bitta samarali rekordi mavjud. Aynan “Monako” Evropa klublari orasida o‘z chempionatida eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi.
Ha «monegaskliklar» uchta o‘yin ko‘p o‘tkazishgan “Barselona” dan, lekin agar o‘tkazgan o‘yinlarini tenglashtirsak ham baribir “Monako” oldinda. Liga 1 da 21 ta o‘yinda “Monako” 64 ta gol urgan bo‘lsa, “Barselona” esa shuncha o‘yinda 55 ta gol urishga erishgan. «Monako» ning «Barselona» dan asosiy ustunligi shundaki, ular sodir etilgan imkoniyatlardan eng yaxshi foydalana olishgan.

Yakkakurashlardagi g‘olib chiqishlar soni (bir o‘yinda): 19.2.
Aniq to‘p uzatishlar bo‘yicha (o‘rtacha bir o‘yinda): 81.4 %.
To‘pni nazorat qilish (o‘rtacha bir o‘yinda): 51.4 %
Darvozaga tepilgan aniq to‘plar soni (o‘rtacha bir o‘yinda): 13.9.
O‘rtacha samaradorlik: 2.8 ta gol bir o‘yinda.

Yakkakurashlardagi g‘olib chiqishlar soni (bir o‘yinda): 17.8.
Aniq to‘p uzatishlar bo‘yicha (o‘rtacha bir o‘yinda): 86.6 %.
To‘pni nazorat qilish (o‘rtacha bir o‘yinda): 61.5 %
Darvozaga tepilgan aniq to‘plar soni (o‘rtacha bir o‘yinda): 16.5.
O‘rtacha samaradorlik: 2.7 ta gol bir o‘yinda.

Vaziyatlardan foydalanish darajasi “Monako” da yuqoriroq “Barselona” ga qaraganda, plyus “monegaskliklar” yakkakurashlarda ko‘proq g‘olib chiqishgan. Jardimning jamoasi asosan yuqori va faol pressing, to‘pni tezlik bilan uzatish va yon qanotlardagi himoyachilar va yarim himoyachilarning faol hatti-harakatlari asosiga qurilgan. Ushbu mavsumda “Monako” bosh murabbiyi Jardim 4-4-2 o‘yin taktikasidan foydalanmoqda, hujumda asosan Jermen va Falkao o‘ynamoqda. Ular o‘tgan mavsumda mos holda «Nissa» va «Chelsi» da ijara asosida o‘ynashgan edi.

“Jismoniy jihatdan «Monako» juda kuchli jamoa, qanot himoyachilari xuddi qanot yarim himoyachilaridek, qanot yarim himoyachilari esa hujumkor yarim himoyachilardek, hujumchilari esa to‘pni bor kuchlari bilan tepishadi, raqib darvozasi oldida “qotillar” dek harakat qilishadi. «Monako» gol urishi uchun vaziyatlar ko‘p bo‘lishi shart emas. ko‘ne nujno mnogo momentov, chtobы zabivat. Bu deyarli mukammal darajaga etgan, hozir Evropada eng samarali o‘yin ko‘rsatayotgan jamoa” – deb aytgan Gvardiola.

Aynan mazkur hujumchilar ushbu mavsumda “monegaskliklar”ning asosiy hujum kuchini tashkil etdi. Falkao fevral oyi boshigacha 25 o‘yinda raqiblari darvozasiga 20 ta gol urdi. Uning hujumdagi sherigi Jermen asosan unga to‘p etkazib berishga intiladi va hujum bilan yarim himoyani bog‘lovchi vazifasini ijro etadi. Jardim jamoasining asosiy o‘yin taktikasi qanotlardan shiddatli hujum uyushtirishga asoslangan.
Shuningdek «Monako» ning hujum chizig‘ini kuchaytirishda 18 yoshli hujumchi Kilian Mbappe-Lotten salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ushbu mavsumdagi uning natijalari quyidagicha: 12 ta gol va 7 ta foydali to‘p uzatish.

Mbappe “Monako” ning yosh “yulduzcha” laridan biri bo‘lib, ularning soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Arsen Venger “monegaskliklar”ning yosh iqtidorlar bilan juda ham unumli ishlashidan hayratga tushmoqda. Hozirgi kunda etishib chiqqan yosh iqtidor sohiblari Evropaning top klublari tarkibidan joy olishni xohlashmoqdalar.
«Ha, ha, darhaqiqat shunday. Men barchasini batafsil gapirishni xohlamayman, hozirgi kunda Evropaning etakchi klublari bizning etakchi futbolchilarimizga qiziqishmoqda. Hozir bu haqda gapirishga erta. Keling mavumni tugatib olaylik, ko‘ramiz keyin qanday bo‘larkan” – deb aytdi Vadim Vasilev.

«Monako» murabbiyi yosh futbolchilardan iborat hujumda va himoyada teppa-teng harakatlana oladigan hujumkor jamoani tuza oldi. Jardim o‘z jamoasining hujumkor o‘yinidan xursandligini yashirmaydi, shuningdek Falkaodan ham.
«Menga shu narsa juda katta qoniqish beradiki, biz o‘z qarashlarimizni hayotga tadbiq qila oldik va hozir qit’adagi eng hujumkor jamoalardan birimiz. Birinchi navbatda sifatli futbolchilar yig‘ilganiga urg‘u beraman. Menda hozir 14 nafar futbolchi bor, hujumda samarali o‘ynay oladigan. O‘yinchi tanlash imkoniyatining yuqoriligidan raqiblarimizga qarshi turli xildagi variantlarni qo‘llash orqali ularga etarlicha qiyinchilik tug‘dirish imkoniga egamiz. Falkao uchun butun jamoa ko‘p ish qildi, uning o‘z kuchiga yana ishonchini qayta tiklab olishida. Undan talab qilingan narsa- bu o‘ziga ishonch edi. Natijada biz oldingi Falkaoni ko‘ra boshladik, bir necha yil oldin jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri bo‘lgan” – deydi «Monako» bosh murabbiyi Leonard Jardim.
Albatta jamoaning samarali o‘yin ko‘rsatishi yaxshi, lekin yutuqlarga erishishning salmog‘i futbolda muhimroq hisoblanadi. “Monako” ushbu mavsumda Liga 1 chempionligini qo‘lga kiritishi uchun etarlicha kuchga ega. Hujumkor va mukammal jamoa hisoblangan “Monako” bu yil o‘z kolleksiyalari hisobini boyitishiga ishonamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hujum qirollari. Qanday qilib “Monako” Evropaning eng samarali jamoasiga aylandi?