12:59 / 05.03.2017
4 452

Ikardi: Ronaldu boshqa sayyoradan, lekin men Messini tanlayman

Ikardi: Ronaldu boshqa sayyoradan, lekin men Messini tanlayman

Argentinalik futbolchi Mauro Ikardi Italiyaning "Inter" jamoasida o‘zini baxtli his qilmoqda. Ispaniyaning mashhur nashrlaridan biri "Marka" Ikardi bilan intervyu uyuushtirib, "Barselona"dan nega ketgani, Messi va Ronaldu, "Oltin butsa" va ko‘p narsa haqida gaplashishdi. Quyida ushbu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

— Ushbu mavsumda 31ta o‘yinda 18ta gol urdingiz. Bu siz uchun qanday natija?
— Juda zo‘r. Mavsumni yaxshi boshladim, ko‘p gollar urdim va oxiri ham yaxshi yakunlanishiga umid qilaman.

— "Inter" hozirda 6-o‘rinda bormoqda, Evropa ligasi va Italiya kubogidan chiqib ketdi. Nima uchun?
— Bunga aniq javob berish qiyin. "Inter"ni sotib olgan odam jamoani Evropada tengsiz qilaman, deb o‘ylagandi. Hozir ham shu jarayon davom etmoqda.

— Jamoa o‘yinlari sizga bog‘liqmi?
— Men jamoa va murabbiy bilan o‘ynayman, borimni beraman. Men hujumchiman va ishimni yaxshi ko‘raman, lekin ba’zida jamoadoshlarimga ham assistentlik qilaman. G‘alaba qozonsak, keyin nima desangiz, deng.

— Qayd etgan natijalaringiz bilan "Oltin butsa"ni olishingiz mumkinmi?
— Rostini aytsam, bunga hali vaqt bor. Messi va Suares bir o‘yinda 4-5talab gol uradigan Ispaniya chempionatida emasman. Qiyini bo‘lsa ham, harakat qilyapman. May oyida, chempionat yakunlanganda, qayd etgan natijalarimni hisob-kitob qilsangiz bo‘ladi.

— Iguain, Dibala va siz Italiyada porladingiz. Argentinalik hujumchilar davri keldimi?
— Italiyada ko‘pchilikmiz, lekin eng zo‘r argentinalik hujumchi Messi va u Ispaniyada o‘ynaydi.

— Qachondir Messi bilan o‘ynashni istaysizmi?
— Bu orzularimdan bittasi, chunki terma jamoaga chaqirishsa, u bilan, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan birga harakat qilaman. Bu men uchun faxr bo‘lardi.

— Ronaldu bilan-chi?
— Krishtianu Ronaldu boshqa sayyoradan, lekin argentinalik bo‘lganim uchun Messi bilan qolaman.

— Kuzda "Inter" bilan yangi shartnoma imzoladingiz. Nimaga?
— Chunki bir yil oldin shunga kelishgandik.

— Sizga boshqa chempionatlardan ham takliflar tushganmi?
— Ha, lekin men hamisha "Inter" muxlisi ekanimni aytganman. Bu libosni kiyib, kerakli natijaga erishish men uchun juda muhim.

— Ispaniyadan taklif tushganmi, masalan, "Real" yoki "Atletiko"dan?
—Ha, hujumchi bo‘lganim va ko‘p gol urganim sababli takliflar ham etarlicha. Biroq, aytganimdek, menga shu klubda o‘ynash va g‘alaba qozonish yoqadi.

— Argentinalik bo‘lsangiz ham, bolaligingizda Ispaniyaga, Kanar orollariga kelgansiz. O‘sha paytda biror nima yodingizda qolganmi?
— Avvaliga futbol hobbi edi, keyin "Barselona"ga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lganda asosiy ishimga aylandi. Yaxshigina pul topish mumkinligini angladim.

— "Barselona"ni ilk o‘yindan keyinoq tark etdingiz. Og‘ir botmadimi?
— Yo‘q. "Barselona" uslubi menga to‘g‘ri kelmadi, shuning uchun Italiya futbolini tanladim.

— La-ligada o‘ynashni istarmidingiz?
— Men faqat "Inter"da qolaman. Kim nima desa, qanday munozara olib borsa ham, baribir kelajagim hamisha "Inter" bilan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikardi: Ronaldu boshqa sayyoradan, lekin men Messini tanlayman