Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCh–2018 turniri “A” guruhi 6-turidan o‘rin olgan Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi rasmiylarini tayinladi. Bu haqda O‘FF axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur o‘yinni BAAlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Abdulla Muhammad Hasan uchrashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy hamda Hasan al-Mahriy yordam beradi.
To‘rtinchi hakam vazifasi Ahmad Hamis an-Naqbiyga topshirildi.Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Edvard MakGregor ish olib boradi. Uchrashuv komissari – Xin Chyong (Hongkong). Xitoylik Syaolong Deng OFK vakili sifatida o‘yinga taklif etildi.
Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 23 mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o‘yinni neytral zona – Malayziyada o‘tkazilishini ta’minladi.
Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start olishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.
Manba: www.the-uff.comwww.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?