14:42 / 06.03.2017
6 237

Sarvinoz Qurbonboyeva FIDE prezidentlik kengashidan xushxabar oldi

Sarvinoz Qurbonboyeva FIDE prezidentlik kengashidan xushxabar oldi

FIDE prezidentlik kengashi o‘zbekistonlik shaxmatchi Sarvinoz Qurbonboyevaga ayollar o‘rtasidagi xalqaro grossmeyster unvonini berdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Sarvinoz Qurbonboyeva Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. U – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, shaxmat bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibasi sanaladi.

2003 yilda Qurbonboyeva o‘n yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni nomini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Sarvinoz respublika birinchiligida o‘z yosh guruhida bir necha bor eng kuchli ekanini isbotladi. 2012 yilda u ayollar o‘rtasidagi oliy ligada O‘zbekiston chempioniga aylandi.

FIDE prezidentlik kengashi tomonidan boshqa o‘zbekistonliklarning yangi unvonlarini ham tasdiqlandi. Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov hamda Roman Golubev xalqaro toifadagi usta bo‘lgan bo‘lsa, Aleksandr Zagrebelniy – FIDE arbitri, Xurshidabonu Xoliqova esa – xalqaro tashkilotchi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarvinoz Qurbonboyeva FIDE prezidentlik kengashidan xushxabar oldi