00:48 / 07.03.2017
4 696

Massimiliano Allegri: «Arsenal»ni boshqarish niyatim yo‘q

Massimiliano Allegri: «Arsenal»ni boshqarish niyatim yo‘q

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Arsenal" boshqaruviga o‘tish niyati yo‘qligini navbatdagi marta aytib o‘tdi.

"Ilgari aytgan gaplarimni yana bir bor takrorlayman - "Arsenal"ni boshqarish niyatim yo‘q. Hatto shunday bo‘lgan taqdirda ham avval "Yuventus" rahbariyati bundan xabar topgan bo‘lardi.

Mening klub bilan shartnomam 2018 yilga qadar davom etadi va kelajagim borasidagi masalani yolg‘iz o‘zim hal qila olmayman.

Vaqti kelganda barchasini rahbariyat bilan gaplashib olamiz. O‘tgan yili ham xuddi shunday bo‘lgan edi", - deydi Allegri.

Manba: www.championat.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Massimiliano Allegri: «Arsenal»ni boshqarish niyatim yo‘q