00:50 / 07.03.2017
5 035

Sarri: «Napoli» chorak finalga chiqish uchun barcha ishni qiladi

Sarri: «Napoli» chorak finalga chiqish uchun barcha ishni qiladi

"Napoli" klubi bosh murabbiyi Maurisio Sarri Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi kechadigan javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barcha bosim "Real"da bo‘ladi. Ular – jahon chempioni, eng boy va kuchli klub. Shuning uchun ular olg‘a yurishga majburlar. Biroq bizning muxlislar ham jahon va Evropa chempionilar. Shunday ekan nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz. Menimcha "Real" keyingi bosqichga yo‘l oladi, axir ular 46 o‘yindan beri bahsni golsiz tark etmayaptilar. Ammo biz nima bo‘lgan taqdirda ham ularga muammo tug‘dirishga urinamiz.

Ishonchim komil, hujumda imkoniyatlar boladi. Bunday bahslarda vaziyatlarning barchasidan foydalanish juda muhim. Chorak finalga chiqish imkoniyatimiz yuqori emas, ammo bunga erishish uchun barcha ishni amalga oshiramiz.

O‘ylaymanki, natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, undan qoniqishimiz kerak", – deydi Sarri.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarri: «Napoli» chorak finalga chiqish uchun barcha ishni qiladi