09:20 / 08.03.2017
5 458

«Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

«Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Napoli» – «Real» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda 1:3 hisobi qayd etilib madridliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvni shiddat bilan boshlagan «Napoli» futbolchilari 24–daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Ajoyib tashkillashtirilgan kombinasiyani Dris Mertens muvaffaqiyatli yakunladi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Neapolliklar ikkinchi bo‘limni ham yuqori pressing bilan boshladilar. Biroq 51-daqiqadagi Serxio Ramosning goli mezbonlarning barcha harakatlarini chippakka chiqardi, burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni madridliklar sardori o‘z uslubida darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p o‘tmay yana Ramos to‘pni boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga qo‘shilgan Alvaro Morata o‘yinga nuqta qo‘ygan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa «Real» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi.

EChL. 1/8 final, javob uchrashuvi.

Napoli (Italiya) – Real Madrid (Ispaniya) 1:3

Gollar: 1:0 – 24 Mertens, 1:1 – 51 Ramos, 1:2 – 57 Ramos, 1:3 – 90 Morata.

Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Rog, 56), Kalexon, Gamshik (Zelinski, 75), Insine (Milik, 70), Diavara.

Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Isko, 80), Beyl (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).

Ogohlantirishlar: Allan (55), Diavara (89).

Birinchi o‘yin: 1:3

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi