«Arsenal»ning «qo‘rqinchli tushi» yana takrorlandi yoxud «Bavariya» chorak finalda

  • 08 mart 2017, 09:22
  • 3 482
  • Sport
  • «Arsenal»ning «qo‘rqinchli tushi» yana takrorlandi yoxud «Bavariya» chorak finalda

    "Arsenal" o‘z maydonida ham huddi ilk uchrashuvdagi kabi "Bavariya"dan yirik 5:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va Evropa Chempionalar ligasi musobaqasini har doimgidek erta tark etdi.

    O‘yinning birinchi bo‘limida Arsen Venger shogirdlari katta kuch bilan hujumga tashlanishdi, va natijada Teo Uolkottning goli bilan hisobda oldinga chiqib olishdi.

    Ikkinchi bo‘limda Robert Levandovski o‘zi ishlagan 11 metrlik jarima zarbasini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirib "Arsenal"ning bor umidini yo‘qqa chiqardi. Hisob 1:1.

    68-daqiqada Aren Robben gol urib, myunxenliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Duglas Kosta "Bavariya"ning uchinchi to‘pini kiritdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Arturo Vidal Ospina qo‘riqlayotgan darvozani ikki bora nishonga olib, "Bavariya"ning Londondagi yirik hisobda g‘alabaga erishishiga hissa qo‘shdi.

    Jamoalar o‘rtasidagi umumiy hisob 10:2 ko‘rinishini oldi va "Bavariya" keyingi bosqich yo‘llanmasini ajoyib tarzda qo‘lga kiritdi.

    EChL. 1/8 final, javob uchrashuvi

    Arsenal (Angliya) – Bavariya (Germaniya) 1:5

    Gollar: 1:0 – 20 Uolkott, 1:1 – 55, penalti Levandovski, 1:2 – 68 Robben, 1:3 – 78 Duglas Kosta, 1:4 – 80 Vidal, 1:5 – 85 Vidal.

    Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-Chemberlen, Jaka, Uolkott, Remzi (Koklen, 72), Sanches (Peres, 73), Jiru (Ozil, 72).

    Bavariya – Noyer, Xummels, Alaba, Rafinya, Martines, Xabi Alonso, Vidal, Alkantara (Kimmix, 79), Robben (Duglas Kosta, 71), Riberi (Sanshesh, 79), Levandovski.

    Ogohlantirishlar: Uolkott (39), Alaba (39), Martines (44), Koselni (53), Oksleyd-Chemberlen (61), Jaka (79).

    Chetlatish: Koselni (54).

    Birinchi o‘yin: 1:5

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Arsenal»ning «qo‘rqinchli tushi» yana takrorlandi yoxud «Bavariya» chorak finalda