11:48 / 08.03.2017
5 713

RFPL: Juliano, Fernando va boshqa eng omadli transferlar

RFPL: Juliano, Fernando va boshqa eng omadli transferlar

Transfer oynasi yopildi, shu sababli RFPL klublari tomonidan amalga oshirilgan eng omadli transferlar haqida fikr yuritamiz.

Roman Zobnin

Klubi: «Spartak»
Transfer summasi: 3 mln. evro
«Spartak» Zobninni uning yoshligi va kelajagi yorqinligini hisobga olib 3 mln. evroga sotib oldi. Albatta Zobninning “Dinamo” dan transfer qilinishi moliyaviy jihatdan ham, o‘yinchi tanlash jihatdan ham “Spartak” uchun foydali bo‘ldi. Roman ushbu mavsumning birinchi yarmida “Dinamo” ning barcha o‘yinlarida ishtirok etdi. O‘tgan o‘yinlarda Karrera uni barcha pozisiyalarda sinab ko‘rdi, Roman esa hamma joyda o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsata oldi. Zobnin Rossiya milliy terma jamoasida ham Cherchesov qo‘l ostida maydonga ko‘proq tushmoqda. Keyingi paytlarda haqiqatdan ham Zobnin etarlicha o‘sishga erishdi, uning premer liga etakchisi “Spartak” klubiga o‘tganligi va milliy terma jamoaga chaqirilganligi fikrimizni tasdiqlaydi.

Robert Mak

Klubi: «Zenit»
Transfer summasi: 3 mln. evro
Mircha Lucheskudan yana bitta foydali transfer, «Zenit»ning ushbu yangi futbolchisi Robert Mak Slovakiya milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. i – Robert Mak. «Zenit» Mak va Juliano bilan arzonroq summaga shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi, “Spartak” ning birgina Fernando uchun to‘lagan summasiga nisbatan. “Zenit” ning muxlislari ko‘nikib qolishgan edi klub rahbarlarining sifatiga nisbatan qimmat narxdagi futbolchilarni sotib olishlariga. Luchesku kelgandan keyin sotib olinayotgan futbolchining narxi uning sifatiga mos kelishi ta’minlanmoqda. Mak Rossiya premer ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘zining gollari bilan “Zenit” ga qo‘shimcha 6 ochko to‘plab olishiga hissa qo‘shdi. Bu Luchesku “topilmasi”ning natijalari yomon emasligini ko‘rsatadi.

Jonatas

Klubi: «Rubin»
Transfer summasi: 7 mln. evro
Jonatas «Rubin» tarkibida o‘z o‘yinini topib oldi va 14 ta uchrashuvda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan Jonatasning foydali o‘yini tufayli “Rubin” Rossiya chempionatidagi o‘zining egallab turgan o‘rnini bir muncha yaxshilab oldi. Endi “Rubin” ning Evrokuboklar uchun beriladigan yo‘llanmaga egalik qilishi uchun 4 ochko etmay turibdi. Shubhasiz, Jonatas “o‘z ishiga kirishdi” va gollar urib o‘zi uchun to‘langan 7 mln. evroning bekorga sarflanmaganligini isbotlaydi.

Juliano

Klubi: «Zenit»
Transfer summasi: 7 mln. evro
«Zenit» Rossiya chempionatidagi startini ishonchli boshlamadi, o‘tkazilgan birinchi 2 ta o‘yinni durang bilan yakunladi. Lucheskuning jamoasi ushbu uchrashuvlarda hujum chizig‘ida unchalik ishonli o‘ynay olmadi, lekin mazkur braziliyalik futbolchining (3-turdan o‘yinlarga qo‘shildi) maydonga tushishi bilan “Zenit” hujumlarida o‘zgarish yuzaga keldi, Julianoning o‘zi esa 15 ta uchrashuvda 7 ta gol urishga erishdi. Braziliyalik tezda klubga moslashdi va jamoaga qo‘shilib ketdi. Hozirga kunda u “Zenit” ning etakchisiga aylandi, Rossiya chempionatida ko‘p vaqtdan bo‘yon o‘ynamayotgan bo‘lsada, u o‘ziga to‘langan summani oqlab bo‘ldi. Evropa ligasi musobaqalarida Juliano o‘zining foydali jihatlarini ko‘rsatdi va “Gol+pas” tizimi bo‘yicha etakchilikni qo‘lga kiritdi.

Fernando

Klubi: «Spartak»
Transfer summasi: 12,5 mln. evro
Ushbu braziliyalik yarim himoyachi «Sampdoriya» dan 12,5 mln. evro evaziga sotib olingan edi. Fernando o‘tgan mavsumda RPFL da 17 ta uchrashuvning 16 tasida maydonga tushdi va “Spartak” ning Rossiya chempionatida etakchilikni qo‘lga olishiga katta hissa qo‘shdi. Braziliyalik o‘zining ishonchli xatti-harakatlari bilan qizil-oqlarning qo‘llab-quvvatlovchi zonasini barqarorlashtirdi. “Tom” ga qarshi uchrashuvda Fernando o‘zining goli bilan klubiga oson bo‘lmagan muhim g‘alabani keltirdi. Albatta unga to‘langan summa juda ham katta, lekin agar bu yil “Spartak” chempionlikni qo‘lga kiritsa hech kim unga to‘langan katta summa haqida gapirmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RFPL: Juliano, Fernando va boshqa eng omadli transferlar