11:58 / 08.03.2017
4 981

Luis Enrike «Barselona» muxlislaridan faol va o‘ta qiziqqon bo‘lishni so‘radi

Luis Enrike «Barselona» muxlislaridan faol va o‘ta qiziqqon bo‘lishni so‘radi

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi kechadigan javob o‘yini oldidan kataloniyalik muxlislardan o‘ta faol bo‘lishni so‘radi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda "Barselona" safarda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

"Har bir o‘yinda hissiyotlarni jilovlay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bu gap jamoaga tegishli, muxlislarga emas.

Bizga hech qanaqasiga xotirjam muxlislar kerak emas. Ular hissiyotlarga berilgan, o‘ta faol va qiziqqon bo‘lishlari lozim.

Ammo "Kamp Nou" "Liverpul" stadioni singari "do‘zax"ga aylanmasligi lozim. "Barselona" muxlislarining uslubi boshqacha. Ammo ular raqibga bosim o‘tkazishlari shart", - deydi Enrike.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike «Barselona» muxlislaridan faol va o‘ta qiziqqon bo‘lishni so‘radi