07:50 / 09.03.2017
5 348

«Kamp Nou»dagi mo‘’jiza yoxud «Barselona» beshta gol farqi bilan «PSJ»ni tiz cho‘ktirdi

«Kamp Nou»dagi mo‘’jiza yoxud «Barselona» beshta gol farqi bilan «PSJ»ni tiz cho‘ktirdi

EChL 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan «Barselona» – «PSJ» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. «Kamp Nou»da «PSJ»ni qabul qilgan kataloniyaliklar 6:1 hisobida zafar quchdilar.

Uchrashuv debyutidayoq Luis Suares raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan foydalanib hisobni ochdi. 41-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Andres Inesta jarima maydoniga yorib kirdi va noqulay holatda bo‘lishiga qaramay to‘pni sheriklariga uzatdi, to‘p esa Leyvin Kurzavaning oyog‘iga tegib darvozadan joy oldi. Shu tariqa «Barsa» tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 4-daqiqasida hakam bahsli vaziyatda parijliklar darvozasi tomon penalti belgiladi, Lionel Messi penaltini aniq bajardi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ushbu gol Emeri shogirdlarini bamisoli uyqudan uyg‘otib yubordi va «PSJ» ketma-ket hujum qilishni boshladi. Shunday hujumlarning birida jarima maydoniga uzatib berilgan to‘pni Layvin Kurzava Edinson Kavaniga to‘g‘irlab berdi, o‘z navbatida urugvaylik futbolchi kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Bo‘ldi, PSJ keyingi bosqichda edi, go‘yo... Yo‘q undan bo‘lmadi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Neymar jarima zarbasini aniq bajarib to‘pni chapki yuqori burchakka joylab qo‘ydi va jamoasi uchun umid uchqunlarini yoqdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Neymar penaltini aniq bajardi va hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida «Barselona» jarima zarbasini ijro etdi, kelgan to‘pni Serji Roberto darvozaga to‘g‘irlab yubordi va jamoasini keyingi bosqichga yo‘l olishiga zamin yaratdi.

Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:5) «Barselona» chorak finalga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu mo‘’jiza edi, mo‘jiza... Futbol shunisi bilan baribir go‘zal!

EChL. 1/8 final, Javob uchrashuv

Barselona (Ispaniya) – PSJ (Fransiya) 6:1

Gollar: 1:0 – 3 Suares, 2:0 – 40, avtogol Kurzava, 3:0 – 50, penalti Messi, 3:1 – 62 Kavani, 4:1 – 88 Neymar, 5:1 – 90+1, penalti Neymar, 6:1 – 90+5 Serji Roberto.

Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Umtiti, Inesta (Turan, 65), Maskerano, Buskets, Rafinya (Serji Roberto, 76), Rakitich (Andre Gomesh, 84), Neymar, Messi.

PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Mene (Krыxovyak, 90), Markinos, Matyuidi, Verratti, Lukas Moura (Di Mariya, 55), Rabo, Draksler (Ore, 75), Kavani.

Ogohlantirishlar: Matyuidi (5), Draksler (14), Pike (23), Buskets (36), Kavani (42), Rakitich (61), Neymar (64), Suares (67), Markinos (90), Verratti (90).

Dastlabki uchrashuv: 0:4

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Kamp Nou»dagi mo‘’jiza yoxud «Barselona» beshta gol farqi bilan «PSJ»ni tiz cho‘ktirdi