10:27 / 09.03.2017
4 996

Enrike “PSJ” bilan o‘yindagi muvaffaqiyat kimga bag‘ishlanishini aytdi

Enrike “PSJ” bilan o‘yindagi muvaffaqiyat kimga bag‘ishlanishini aytdi

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi «PSJ» bilan o‘yinda (6:1) qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ko‘k-anorranglilar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:5 hisobida ustun keldi.

«Bizlardan hech kim hattoki bir soniyaga bo‘lsa ham ishonchini yo‘qotmadi. Agarda o‘tkazib yuborilgan to‘pni hisobga olmasak, „Barselona“ ajoyib futbol ko‘rsatdi, biz juda tavakkal qildik, biroq bunga sabablar bor edi. Omad kaliti bizning samaradorligimizda bo‘ldi. Qolgan chorak finalchilar biz tufayli o‘zlarini noqulay his etishlari aniq. „Barselona“ga 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin ham ishonganlarni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Bu muvaffaqiyat ularga bag‘ishlanadi, sababi bu ko‘rgazmali o‘yin emas, balki haqiqiy futbol bo‘ldi», - deya Luis Enrikening so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Enrike “PSJ” bilan o‘yindagi muvaffaqiyat kimga bag‘ishlanishini aytdi