12:13 / 09.03.2017
4 751

Neymar: Serxi Robertoga gol urgan vaziyatda o‘sha joyga borib turishini aytgandim

Neymar: Serxi Robertoga gol urgan vaziyatda o‘sha joyga borib turishini aytgandim

"Barselona" hujumchisi Neymar PSJga qarshi uchrashuv (6:1) dan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu uchrashuv hayotimdagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi. O‘yindagi gollar, vaziyatlar, paslar bularni hech qachon yoddan chiqarib bo‘lmaydi.

Baxtliman. Hakam hushtagi chalingunga qadar biz dunyoning eng kuchli klublarini ham mag‘lubiyatga uchrata olishimizga ishondim. "Barselona" futbolchilarining barchasi bir-biriga ishonib o‘ynadi.

Oltinchi gol muallifi Serxi Robertoga standart vaziyat bo‘layotgan vaqtda aynan o‘sha erdan borib joy olishini aytgandim, shu vaziyatda xavfli hujum yarata olishimizni sezgandim", – deydi Neymar Marca nashriga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: Serxi Robertoga gol urgan vaziyatda o‘sha joyga borib turishini aytgandim