14:06 / 09.03.2017
5 205

Lineker, Ferdinand, Jerrard va Ouen oltinchi golni katta ehtiros bilan nishonladi (Video)

Lineker, Ferdinand, Jerrard va Ouen oltinchi golni katta ehtiros bilan nishonladi (Video)

Britaniya televideniesida ekspert bo‘lib ishlayotgan Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari Gari Lineker, Rio Ferdinand, Maykl Ouen va Stiven Jerrard EChL nimchorak finalida «Barselona»ning «PSJ»darvozasiga kiritgan g‘alaba golini katta quvonch bilan kutib olishdi, deb yozmoqda Kun nashri.

«Barselona» birinchi uchrashuvda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan, 5:1 hisobi ham ularni qoniqtirmas edi. Ammo o‘yinning 85-daqiqasida faqat 3:1 hisobida g‘alaba qilib turgan Luis Enrike shogirdlari qolgan daqiqalarda 3ta gol urib, kerakli natijaga erishdi. Oxirgi soniyalarda Serxi Roberto urgan gol barchasini hal qildi.

O‘yinni jonli efirda kuzatib, sharhlab turgan sobiq futbolchilar ko‘rsatgan reaksiya videotasvirida ko‘rish mumkinki, ularning barchasi futboldagi yangi mo‘’jizadan qattiq hayratlanishgan. Ayniqsa, Maykl Ouen xonani aylanib yugurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lineker, Ferdinand, Jerrard va Ouen oltinchi golni katta ehtiros bilan nishonladi (Video)