22:14 / 09.03.2017
4 813

Unai Emeri: Hakamlar qarorlari zararimizga ishladi

Unai Emeri: Hakamlar qarorlari zararimizga ishladi

PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (6:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bo‘lib o‘tgan voqealarni tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, biz katta imkoniyatni qo‘ldan chiqardik. Birinchi bo‘limda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. To‘pni nazoratimizga olib, pressing uyushtira olmadik.

Himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik va "Barselona" bundan foydalanib, ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Buning uchun o‘zimiz aybdormiz.

Ikkinchi bo‘limda xotirjam va ishonch bilan harakat qildik. Birinchi golimizni kiritganimizdan so‘ng hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirishimiz mumkin edi. Hakamlarning qarorlari zararimizga ishladi va oxirgi daqiqalarda hammasini qo‘ldan chiqardik.

"Barselona" shunday buyuk jamoa. Ularning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q edi. Bu men va PSJ uchun juda salbiy tajriba bo‘ldi. Kataloniyaliklardan dars olishimiz kerak".

Eslatib o‘tamiz, Parijda "Barselona"ni 4:0 hisobida enggan PSJ "Nou Kamp"da 6:1 hisobida yutqazdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turnir bilan xayrlashdi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Unai Emeri: Hakamlar qarorlari zararimizga ishladi