Neymar: Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi

  • 10 mart 2017, 12:52
  • 4 122
  • Sport
  • Neymar: Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi

    "Barselona" hujumchisi Neymar PSJga qarshi uchrashuv (6:1)dan so‘ng jamoadoshi Lionel Messining Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirishini ishonch bilan aytib o‘tdi.

    "Ishonch bilan aytaman, Messi "Barselona" bilan endi yangi shartnoma imzolaydi. "Barselona"da o‘zimni baxtli his etmoqdaman va o‘ylaymanki jamoadoshlarim ham men kabi o‘zlarini baxtiyor his etishmoqda", – deydi braziliyalik futbolchi.

    Ma’lumot uchun, Lionel Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi.

    » » Neymar: Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi