23:19 / 10.03.2017
7 721

“Real" klubining 115 yillik tarixi: 46 ta murabbiy va 18 ta prezident

“Real" klubining 115  yillik tarixi: 46 ta murabbiy va 18 ta prezident

2017 yil 6 mart kuni madridning “Real” klubi 115 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Zamin.uz blogi “Real” bilan bog‘liq 10 ta eng qiziq faktlarni Sizga havola etadi.

1902 yil 2 mart kuni aka-kua Palasioslar jamoaning bazasida Madrid Football Clubni tashkil etishdi, unga 1920 yilda qirol Alfons XII “qirollik klubi” maqomini berdi.

Bu o‘tgan yillar davomida “Real” turli davrlarni o‘z boshidan kechirdi: g‘alabali onlar, Chempionlar ligasi musobaqalaridan chetda qolish. 115 yil ichida “Real” 32 marta Ispaniya chempioni, 11 marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Ushbu davrda klub qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarni qo‘shib chiqsa 110 tani tashkil qiladi.

1. Madridning “Real” klubi o‘tgan 115 yil davomida barcha musobaqalarda 3914 ta uchrashuv o‘tkazib, shundan 2305 tasida g‘alaba qozongan, 757 tasida durang qayd etgan va 852 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Jamoa o‘z tarixida barcha musobaqalarda raqiblari darvozasiga jami 8442 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 4461 ta gol o‘tkazib yuborgan. Foiz hisobida qo‘lga kiritgan g‘alabalari 59 % ni tashkil qiladi.

2. “Real” ning eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasi jamoa boshqaruviga Zinedin Zedan kelgandan so‘ng qo‘lga kiritildi. Klubning mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasi 40 ta o‘yinga etdi.

3. “Real” ning eng uzoq davom etgan g‘alabali o‘yinlari seriyasi (22 ta uchrashuv) 2014/2015 yillar mavsumida Karlo Anchelotti boshqaruvida qo‘lga kiritildi.

4. “Real” tarkibidagi 392 nafar futbolchi kamida 1 ta gol urishga erishgan. Klub tarixida eng ko‘p gol urishga erishgan futbolchi bu Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida jami 392 ta kiritilgan gol mavjud.

5. O‘tgan 115 yil davomida klubda 729 nafar futbolchi o‘ynadi, hech bo‘lmaganda rasmiy uchrashuvlarda kamida 1 minut o‘ynagan. “Real” futbolkasini eng ko‘p uchrashuvlarda kiyib maydonga tushib o‘ziga xos rekord qayd etgan futbolchi bu Raul Gonsales hisoblanib, u jami 741 ta uchrashuvda klub sharafini himoya qilishga erishgan. Chet ellik futbolchilar orasida esa klub sharafini eng ko‘p Roberto Karlos himoya qilgan – 527 ta uchrashuvda.

6. Klub tarixidagi eng yirik g‘alabasiga 1942/1943 yilgi mavsumda “Barselona” ustidan 11:1 hisobida g‘alaba qilib erishgan.

7. Hozirgi paytda “Real” ketma-ket 46 ta uchrashuvda gol urib o‘z tarixini yozmoqda, bu rekord hali tugamadi va ushbu seriya hali davom etmoqda.

8. Madridliklar 237 ta turli klublar bilan ro‘baru kelishgan. Eng ko‘p “Barselona” klubiga qarshi to‘p surishgan – 233 marta. “Atletiko” bilan esa 112 marta ro‘baru kelishgan.

9. O‘tgan 115 yil davomida “Real” 46 nafar murabbiyni almashtirgan. Ularni orasida eng ko‘p uchrashuvlarda jamoani boshlab tushgan murabbiy Migel Munos bo‘lib, uning qo‘l ostida jamoa 602 ta uchrashuvni o‘tkazgan.

10. 115 yil davomida “Real” ni 18 nafar prezident boshqargan. O‘rtacha bitta prezident klubni 6 yil boshqargan. Ularning orasida eng ko‘p omadga erishgani hozirgi amaldagi prezident Florentina Peres bo‘lib, uning boshqaruvida klub 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real" klubining 115 yillik tarixi: 46 ta murabbiy va 18 ta prezident