22:55 / 12.03.2017
5 515

«Barselona» safarda «Deportivo»ga yutqazib qo‘ydi

«Barselona» safarda «Deportivo»ga yutqazib qo‘ydi

Ispaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Deportivo" hamda "Barselona" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 2:1 hisobi qayd etilib, maydon egalarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 40-daqiqada Xoselu "Deportivo"ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning boshida Suares "Barsa"ning javob golini urdi. Ammo, 74-daqiqada Bergantinos mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Juda asabiy va shiddatli o‘tgan bellashuvda Enrike shogirdlari ochko yo‘qotishdi va "Real" bilan oradagi farqni yanayam ortirib yuborishdi.

Ispaniya chempionati, 27-tur
Deportivo – Barselona 2:1

Gollar: 1:0 – 40 Xoselu, 1:1 – 46 Suares, 2:1 – 74 Bergantinos.
Deportivo – Lyuks, Arribas, Albentosa, Navarro, Xuanfran, Bergantinos, Borxes, Fajr, Gama (Kakuta, 71), Xil (Cholak, 62), Xoselu.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 58), Serdji Roberto, Denis Suares (Pako Alkaser, 77), Buskets, Turan (Inesta, 58), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Navarro (14), Xoselu (36).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» safarda «Deportivo»ga yutqazib qo‘ydi