07:43 / 13.03.2017
5 055

Ramosning goli «Real»ga «Betis» ustidan irodali g‘alabani taqdim etdi

Ramosning goli «Real»ga «Betis» ustidan irodali g‘alabani taqdim etdi

Ispaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid hamda "Betis" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvning 25–daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Antonio Sanabriyaning zarbasidan so‘ng Keylor Navas to‘pni ushlab olishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi. Birinchi bo‘lim so‘nggiga yaqin Krishtiano Ronaldu Marseloning to‘p uzatishidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va muvozanitni tikladi.

O‘yinning 78-daqiqada "Real" qarshi hujumda raqibini jazolashi mumkin edi, biroq Pichchini tezlikda o‘zib ketgan Lukas Vaskesni to‘xtatib qoldi va ikkinchi martta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning 81-daqiqasida Toni Kroos to‘pni burchakdan jarima maydoni tomon uzatib berdi va har doimgidek Serxio Ramos jamoasining muhim goliga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Real" (62) birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga erishdi va eng yaqin ta’qibchisi "Barselona"dan (60) ikki ochko o‘zib ketdi. Shuningdek, madridliklar hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramosning goli «Real»ga «Betis» ustidan irodali g‘alabani taqdim etdi