10:56 / 13.03.2017
5 106

Hazilmi yoki chin? «Barselona» - PSJ o‘yini kelishilgan ekanligi aniqlandi (muxlis maqolasi)

Hazilmi yoki chin? «Barselona» - PSJ o‘yini kelishilgan ekanligi aniqlandi (muxlis maqolasi)

"El Madrido" nashri tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, "Barselona" - "PSJ" o‘yini avvaldan kelishilgan. Ammo uchrashuv ssenariysi tamoman boshqacha bo‘lgan.

Kiritilgan tezkor gol va avtogollar o‘yin jarayonini tabiiy kechishiga "xizmat" qilgan. Bu esa o‘z navbatida hakam va ba’zi futbolchilarning ishini "oson"lashtirgan.

O‘yin kelishilganligidan quyidagi futbolchilar xabardor bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Bulap:

Neymar, Messi, Suares, Buskets, Inesta, Maskerano - Kurzava, Kavani, Verratti, Markinos va Moura. Draksler ham shubxa ostida. Va albatta hakamlar brigadasi.

"Aslida hammasi quyidagicha bo‘lishi kerak edi:

O‘yining ilk daqiqalarida Kurzava jarima maydoni ichida Neymarni yiqitib, penalti belgilanishiga sabab bo‘lishi va o‘zi sariq kartochka (taym oxirida esa yana bir marta kartochka olib maydonni tark etishi) lozim edi. Ammo Suaresning goli barchasi tabiiy chiqishida muhim omil bo‘ladi.

"Barselona" birinchi taymni 2:0 tarzida yakunlashi, "PSJ" esa bir kishi kam bo‘lib qolishi kerak edi. Avtogol ham rejada bo‘lmagan. Ammo buyam "Barsa" "foydasiga" tabiiy ravishda sodir bo‘ladi. Rejaning ikkinchi qismi amalga oshmay qolishiga sabab mehmonlar hakamni "qoniqtiradigan" biron qo‘pollik sodir etish(ol)madi.

Ikkinchi taymning boshidagi penalti bu birinchi bo‘limda berilishi kerak bo‘lgan kechiktirilgan penalti edi. Kavanining goli ham avvaldan rejalashtirilgan. Kavanini qachondir hech kim yopmasligi kerak edi. Ushbu goldan so‘ng oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Kavani darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketadi. Agarda gol urilganida ham ofsayd qayd etilardi. Sababi yana bitta gol rejada yo‘q bo‘lgan. Bu vaziyatda Kavanining ishonarli zarbasi va Ter Shtegenning mahorati o‘yinning yanada tabiiy chiqishini ta’minlaydi.

"B" rejaga ko‘ra, Kurzava birinchi bo‘limda qilolmagan "ishi"ni ana endi qilishi kerak edi. Ya’ni jarima maydoni ichida qoidani buzishi va penaltiga sabab bo‘lib, o‘zi maydonni tark etishi kerak edi. Ammo u bunga imkon topolmaydi. Qolgan vaqt davomida "Barselona" o‘yinning o‘zida kamida 2 ta gol ura olishiga qattiq ishongan.

O‘yin oxirlarida hech narsadan "xabari yo‘q" Di Mariya qovun tushirishiga oz qoladi. Maskerano esa hakamga ishongan holda uni yiqitadi. Tabiiyki hakam bu vaziyatga e’tibor qaratmaydi. Yo‘qsa Di Mariya hammasini chippakka chiqarishi muqarrar edida.

O‘yin yakunlanib boryaptiki "Barselona" hamon gol ura olmaydi. Aniqrog‘i "aktyorlar" "uddalay" olishmaydi. Vaqt esa tobora kam qolmoqda. "Barselona" futbolchilari esa hakamdan ketma-ket uchta penalti so‘rashadi. Axir 87- daqiqa o‘tib bormoqda edi. Hakam esa bunga aslo ko‘nmaydi. Chunki bu ochiq teatrga aylanib ketardi. Ayb "Barselona"ning o‘zida edi. Ular hech bo‘lmaganda o‘yindan kamida ikta gol urishiga hakamni ishontirishgan edi. Qolaversa, "PSJ"ning yuqorida nomi keltirilgan futbolchilari bunga "ko‘mak" berib yuborishlari lozim edi.

Shu payt Neymar tavakkal qiladi. Hakamdan jarima zarbasi berishini so‘raydi va o‘zi nuqta tanlab beradi. Hakam esa o‘z vaqtida Ronaldiniyoga ham ko‘p "yordam" berganini eslatib, miyig‘ida kulib qo‘yadi. Neymar jarimadan super zarba yo‘llaydi: 4:1! Hammasi tabiiy!

91- daqiqada Suares jarima maydoni ichida Krishtianu Ronaldu uslubida "yiqilib" beradi va penalti. Hisob esa 5:1. "Barselona"ga esa yana bitta gol kerak edi. Hakam dastlab 10 daqiqa qo‘shib bermoqchi bo‘ladi. Yordamchi hakamlarning "hay-hay"lashi natijasida 5 daqiqa bilan kifoyalanadi.

"PSJ" ning "spektakl"da qatnashayotgan futbolchilari esa "ursang urda" shiorida ochiqchasiga xato qilaveradi. Verrattining 94- daqiqadagi Ter Shtegenga to‘pni "oldirib" qo‘ygani va keyin qoidani buzgani bunga yaqqol misol. O‘sha standartda esa jarima maydoni ichida "Barsa"ning bir nechta futbolchisi ataylab bo‘sh qoldiriladi. Keyin nima bo‘lgani esa hammaga ma’lum". - deya xabar tarqatmoqda "El Madrido" nashriyoti.

("Barselona" muxlisi tomonidan ayrim "Real"chilarga kinoya va hazil tariqasida yozildi)


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hazilmi yoki chin? «Barselona» - PSJ o‘yini kelishilgan ekanligi aniqlandi (muxlis maqolasi)