11:24 / 13.03.2017
5 415

Oleg Tyulkin: 10 kun ichida uchta g‘alabaga erishish ajoyib natija

Oleg Tyulkin: 10 kun ichida uchta g‘alabaga erishish ajoyib natija

Oliy Liga 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» – «Dinamo» (0:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Oleg Tyulkinning o‘yindan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.

«Paxtakor» ustidan qozonilgan g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Juda og‘ir bahsni ajoyib tarzda yakunladik. Barcha yigitlarga rahmat. Murabbiylar shtabi ushbu bahsga jamoani yaxshi tayyorlashga intildi va futbolchilar ham ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Ushbu jamoamizni to‘liq yig‘ilganiga hali ikki haftadan ziyodroq bo‘lgan bo‘lsada, yigitlarimizning so‘nggi 10 kun ichida uchta g‘alabaga erishishlari ajoyib natijadir.

Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarimiz va rahbariyatimizga katta rahmat! Biz yoshlarimizga ishonishda va muxlislarimizni xursand etishda davom etishga intilamiz. G‘alabadan sarmast bo‘lib osmonga uchib ketmaymiz, bugungi g‘alaba tarixda qoldi, mehnat qilishda davom etamiz» - deydi Oleg Tyulkin.

Manba: www.fcdinamo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oleg Tyulkin: 10 kun ichida uchta g‘alabaga erishish ajoyib natija