11:41 / 13.03.2017
5 892

Angliya kubogi, 1/4 final. Bugun «Chelsi» - «Manchester Yunayted» o‘yini bo‘ladi

Angliya kubogi, 1/4 final. Bugun «Chelsi» - «Manchester Yunayted» o‘yini bo‘ladi

Bugun Angliya kubogi musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan markaziy o‘yin bo‘lib o‘tadi.

London shahrida mahalliy "Chelsi" jamoasi "Manchester Yunayted" klubini qabul qiladi.

O‘yinga bo‘lgan qiziqish anchaginani tashkil qiladi. Sababi, ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqishga haqli hisoblanadi.

Bugungi o‘yin atrofida turlicha taxminlar bo‘lmoqda. Aksariyat futbol mutaxassislari "Chelsi"ning so‘zsiz g‘alabasiga ishonmoqda. "Manchester Yunayted"ga bo‘lsa, deyarli ishonishmayapti. Har holda buni xorij matbuotida ko‘rib bilayapmiz.

Lekin, biz unday demagan bo‘lardik. Chunki, Joze Mourino "MYu"ni muhim o‘yinlarga tayyorlay oladi.

Xullas, biz kuchli jamoaning keyingi bosqichga chiqishi tarafdorimiz.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00.45 da boshlanadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya kubogi, 1/4 final. Bugun «Chelsi» - «Manchester Yunayted» o‘yini bo‘ladi