21:21 / 13.03.2017
4 936

Sergey Lushchan: Natija uchun muxlislardan uzr so‘rayman

Sergey Lushchan: Natija uchun muxlislardan uzr so‘rayman

Xabaringiz bor, bugun OChL-2017 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqdi. Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “Zob Ahan” bilan kuch sinashdi.

Mazkur bellashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Men birinchi navbatda muxlislardan uzr so‘rayman. Ular bizni qo‘llash uchun kelishgandi. Ammo biz mag‘lubiyatga uchradik.

"Bunyodkor" ketma-ket 2 ta o‘yinda qizil kartochka oldi. Jamoadagi intizom borasida nima deya olasiz?

- To‘g‘risi, men nimadir deya olmayman. Chunki biz har doim futbolchilarga uqtiramiz. Lekin... Ochig‘i men bu holatni izohlay olmayman.

Bugungi taktik o‘zgarishlarni qanday izohlaysiz?

- Mashg‘ulotlarda har xil taktikalarni sinovdan o‘tkazamiz. Bu tabiiy hol. Ammo bugun biz o‘ylagan rejalar amalga oshmadi. Dostonbek Hamdamov o‘yinni tashkil qilish borasida ajoyib harakat qila oladi. Otabek Shukurovda ham maydonni boshqarish qobiliyati bor. Lekin u bugun o‘z o‘yinini namoyish eta olmadi.

"Bunyodkor" odatda tezkor harakat qiladigan jamoa. Ammo bugun unday jamoani ko‘rmadik. Buning sababi nimada?

- Ahmadaliev, Komilov va Shomurodovning o‘rni bilindi. Bu katta yo‘qotishlar edi. Hamdamovning o‘zi nimadir qilishi qiyin edi. Chunki jamoada uning sheriklari yo‘q edi.

Jamoa 3 ta turdan beri mag‘lub bo‘lmoqda. Buning uchun murabbiyni almashtirish kerakmi yoki muhitni?

- Buni ko‘proq rahbarlar hal qiladi. Agar murabbiy almashib natija yaxshilanadigan bo‘lsa, men tayyorman.

Manba: www.sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: Natija uchun muxlislardan uzr so‘rayman