21:39 / 13.03.2017
5 840

"Real" va "Chelsi" superfutbolchilarni almashtiradi

"Real" va "Chelsi" superfutbolchilarni almashtiradi

Yozgi transferlar mavsumi juda qizg‘in o‘tadigan ko‘rinadi. Evropaning grand klublari superfutbolchilarni qo‘lga kiritish borasida yangidan yangi usul va takliflarni ishlab chiqmoqda.

Xususan "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va " Chelsi" ustozi Antonio Konte bir biri bilan supero‘yinchilarni almashtirmoqchi.

Unga ko‘ra, "Real" hujumchisi Alvaro Morata Londonga ko‘chib o‘tadi va "Chelsi" vakili Eden Azar Madridga jo‘natiladi. Morataning transfer narxi 40 million, Azarniki 70 million evroga baholanayotgani bois madridliklar qo‘shimcha xarajat qiladi.

Morata joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi. Azar esa 30 ta o‘yinda 11 ta golga mualliflik qildi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" va "Chelsi" superfutbolchilarni almashtiradi