16:31 / 16.03.2017
4 256

Terma jamoamizga hushyorlik kerak

Terma jamoamizga hushyorlik kerak

Ochig‘i, milliy jamoamizning Suriya termasiga qarshi o‘yini yaqinlashgani sari muxlislarimizda xavotir hissi kuchaymoqda. Sababi tayin - yanvar va fevraldagi yig‘inlar yaxshi taassurot qoldirmadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad nima ediyu, samara qanday bo‘ldi? Bu savolga jo‘yali javob beradigan mutaxassis topilmasa kerak. Vaqt esa g‘izillab o‘tyapti.

Tushunarliki, Suriya va Qatar termasiga qarshi bo‘lajak 2 ta o‘yin jamoamiz uchun JCh-2018 saralashida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shunday bo‘lgach, uchrashuvlar arafasida optimal tarkibni yig‘ib, bitta chiroyli o‘rtoqlik o‘yini tashkillash maqsadga muvofiq edi. Ammo endi gapirish befoyda. Chunki «o‘rtoqlik» uchun na bo‘sh kun va na imkon bor... Ishqilib, mart oyidagi bahslardan keyinoq mundial chiptasidan umid uzmaylik-da. Buning uchun tabiiyki, hushyorlikni maksimal darajaga oshirish shart.

Xususan, Samvel Babayan «Bunyodkor»ning OChLdagi o‘yinlarida kuzatilgan kulguli xatolar va ijobiy jihatlar, Igor Sergeev va Aleksandr Lobanovga nisbatan e’tirozlar (xohlaymizmi-yo‘q, umumiy munosabat ularga ruhiy tomondan ta’sir qiladi, axir), Qatarda ham mahsuldorlik ko‘rsatayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqovning bugungi holatidan to‘g‘ri xulosa chiqarishi zarur.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, milliy jamoamizning bo‘lajak ikki o‘yinda 6 ochko olishidan umidvormiz. Shundagina Rossiya-2018 sari yo‘limiz nisbatan ravonlashadi, xavotirlar o‘rnini ishonch egallaydi.

Manba: www.interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoamizga hushyorlik kerak