20:56 / 18.03.2017
7 026

Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi

Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks oqshomining so‘nggi jangida +91 kilogramm vazndagi bokschilar kuch sinashdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov xitoylik Xaypeng Muga qarshi bellashdi va 3-raundda raqibini texnik nokautga uchratdi

Avvalroq Uzbek Tigers vakillari Abrorjon Qodirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliev (-60 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg) va Bektemir Meliqo‘ziev (-81 kg)o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni 5:0 ko‘rinishini oldi va Uzbek Tiger mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi