08:07 / 22.03.2017
4 599

45 yoshli tennischi 7 yildagi ilk uchrashuvini yutdi

45 yoshli tennischi 7 yildagi ilk uchrashuvini yutdi
Dunyoning sobiq 14-raqamli tennischisi, 45 yoshli marokashlik Yunus al-Aynaviy Bahrayn poytaxti Manamada o‘tayotgan ITF seriyasi musobaqasining 2-raundiga chiqdi. U musobaqaning 1-davrasida avstriyalik Brend Kosslerni 6:4, 2:6, 7:5 hisobida yutdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Al-Aynaviy 2010 yilda Dohadagi musobaqadan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi, biroq 6 yil o‘tgach ITF musobaqasida ishtirok etish uchun kortga qaytgan. Tennischi o‘sha musobaqada birorta g‘alabaga erisha olmagandi.

Yunus chorak finalga chiqish uchun norvegiyalik Viktor Durashevich bilan bellashadi.

Tennis. Manama, Bahrayn. Erkaklar. 1-davra.
Al-Aynaviy (Marokash) — Kossler (Avstriya) — 6:4, 2:6, 7:5

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 45 yoshli tennischi 7 yildagi ilk uchrashuvini yutdi