10:23 / 22.03.2017
5 117

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi «El-Klasiko» uchun Mayamida chiqarilgan 60 ming chipta 20 daqiqada sotib bo‘lindi

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi «El-Klasiko» uchun Mayamida chiqarilgan 60 ming chipta 20 daqiqada sotib bo‘lindi
«El-Klasiko» uchun chiqarilgan 60 ming chipta Mayamida 20 daqiqa ichida sotib bo‘lindi. Bu haqda «Sports.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

Chempionlar xalqaro kubogi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Barselona» — «Real Madrid» o‘yiniga AQShning Mayami shahri mezbonlik qiladi. Uchrashuv shu yilning 29 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘qnashuvga mezbonlik qiladigan Hard rok arenasi o‘z bag‘riga 65 ming ishqibozni sig‘dira oladi. Shundan kelib chiqib, 60 ming chipta mart oyining so‘nggi o‘n kunligida sotuvga chiqdi va yarim soatga qolmay, sotib yuborildi.

Qayd etilishicha, chiptalarning eng arzoni 350 dollarni tashkil qilgan. Biroq sotuvga qo‘yilgan chiptalarning eng katta qismi 1000 dollarliklardan iborat edi. Shuningdek, 25 ming dollarga eng oldi sektorlardan chipta xarid qilganlar ham topilgan.

Ma’lumot uchun, «El-Klasiko» bunga qadar AQShda o‘tkazilmagandi. Bu Ispaniyadan tashqarida o‘tayotgan ikkinchi to‘qnashuv bo‘lib tarixga kiradi. Bunga qadar «Real» va «Barsa» 1982 yil Venesuelada o‘zaro maydonga tushgan bo‘lib, o‘sha bellashuv «Qirollik klubi»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etgandi.

La liganing joriy mavsumi doirasida tomonlar 23 aprel kuni «Santyago Bernabeu»da to‘qnash keladi. Ularning «Kamp Nou»dagi o‘yini 1:1 hisobi bilan yakuniga etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi «El-Klasiko» uchun Mayamida chiqarilgan 60 ming chipta 20 daqiqada sotib bo‘lindi