Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishga tayyor. Bu haqda Don Balon nashri'ga asoslanib Uff.uz xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi a’zosining kayfiyatiga ko‘p narsalar ta’sir qilgan. Xususan, klub rahbariyati tomonidan Anchelottining iste’foga chiqarib yuborilgani unga ma’qul kelmagan.
Bundan tashqari, klub prezidenti Florentino Peres aksariyat muhim masalalarda yarim himoyachi Garet Beylni birinchi o‘ringa olib chiqishga urinayotgani ham Ronalduga yoqmayapti. Qo‘shimchasiga, «Real»ning bo‘lajak murabbiyi deb taxmin qilinayotgan Rafael Benites bilan birga ishlash niyati ham yo‘q.
Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchiga «PSJ» qiziqish bildirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi