Jarima yoki qamoq: “El-klasiko”dan 3 kun oldin Messiga sud hukmi chiqariladi

  • 25 mart 2017, 11:05
  • 4 292
  • Sport
  • Jarima yoki qamoq: “El-klasiko”dan 3 kun oldin Messiga sud hukmi chiqariladi
    Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanayotgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga hukm 20 aprel kuni, Ispaniya chempionati 33-turida "Real"ga qarshi o‘yin oldidan chiqariladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

    2016 yilning yozida Messiga 4,1 mln evro miqdorda soliq to‘lashdan qochganlik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan edi. 29 yoshli futbolchiga 21 oylik qamoq jazosi berilishi mumkin, biroq katta ehtimol bilan ushbu jazo jarima bilan almashtiriladi.

    Ma’lumot uchun, "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv 23 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jarima yoki qamoq: “El-klasiko”dan 3 kun oldin Messiga sud hukmi chiqariladi