11:26 / 26.03.2017
6 544

17 yoshli bokschi jangdan keyin vafot etdi

17 yoshli bokschi jangdan keyin vafot etdi
17 yoshli bokschi Angliyaning Derbishir grafligida o‘tgan boks jangidan keyin vafot etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Uchrashuv 24 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Sportchining ahvoli jangdan keyin keskin yomonlashgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Mansfild shahridagi shifoxonaga olib borilgan. Biroq bokschi shifoxonaga kelgach vafot etgan.

Mahalliy polisiya o‘smirning o‘limi bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. "Bu bosqichda voqea bo‘yicha hech qanday shubhali vaziyat aniqlanmagan. Biz jang yozuvini yoki tergovga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa bir ma’lumotni izlamoqdamiz", deb ma’lum qilgan polisiya vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 17 yoshli bokschi jangdan keyin vafot etdi