11:57 / 26.03.2017
5 355

Abdug‘ofurov argentinalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

Abdug‘ofurov argentinalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi
Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini tantana qildi.
Qo‘rg‘ontepalik bokschi Singapurdagi OCBC Arena majmuasida kechgan boks oqshomida argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘n raundga mo‘ljallangan jangda Azizbek 98:92, 97:93, 98:92 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Abdug‘ofurov o‘tkazgan 6 ta jangining barchasida zafar quchgan. Nokautlari soni 4 tani tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdug‘ofurov argentinalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi