11:45 / 27.03.2017
5 358

«Zenit» va «Dinamo» futbol klublarining sobiq o‘yinchisi vafot etdi

«Zenit» va «Dinamo» futbol klublarining sobiq o‘yinchisi vafot etdi
26 mart kuni «Zenit» va «Dinamo» futbol klublari sobiq o‘yinchisi Vladimir Kazachenok 65 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘lim sabablari hozircha noma’lum.

Kazachenok – Sobiq Ittifoq chempionatlarida uch bora bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek u uch marta mamlakat chempionatining eng yaxshi 33 futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan, deb xabar bermoqda «Zenit» rasmiy sayti.

Kazachenok murabbiy sifatida Leningradning «Dinamo»si, «Zenit» bolalar va o‘smirlar futbol maktabi, «Svetogors», «Petrotrest», «Ximki», «Smena-Zenit» hamda Estoniyaning «Kaleva»sida ishlagan.

2014 yildan boshlab «Zenit» akademiyasi o‘quv-mashg‘ulot markazi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Zenit» va «Dinamo» futbol klublarining sobiq o‘yinchisi vafot etdi