16:24 / 30.03.2017
5 615

Aeroportga Krishtianu Ronaldu nomi berildi

Aeroportga Krishtianu Ronaldu nomi berildi
Portugaliyadagi Madeyra orolining xalqaro aeroporti mamlakat terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga nomlandi. Bu haqda “Interfax” agentligiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Endilikda aeroport rasman “Aeroporto Cristiano Ronaldo” deb ataladigan bo‘ldi. Aeroport binosiga kirish oldida futbolchining byusti o‘rnatildi.

Aeroportga yangi nom berish marosimida Krishtianu Ronalduning o‘zi ham ishtirok etdi. Futbolchi jurnalistlarga bergan intervyusi chog‘ida o‘z mamlakati bilan faxrlanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Madeyra hukumati aeroport nomini futbolchining sharafiga o‘zgartirishi haqidagi qarorni 2016 yil iyun oyida ma’lum qilgan edi. Bu qaror ma’lum bir qism aholining noroziligiga sabab bo‘ldi va ular arznoma tayyorlashdi, ammo etarlicha ovoz to‘play olishmagani sababli talablari qondirilmadi.

Futbolchi 1985 yilda Funshal orollari poytaxtida tug‘ilgan. Shaharda Krishtianu Ronaldu sharafiga muzey ochilgan, shuningdek, uning haykali ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aeroportga Krishtianu Ronaldu nomi berildi