15:37 / 31.05.2015
5 979

Xavi - Ispaniyadagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi

Xavi - Ispaniyadagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi

Xabaringiz bor, kecha "Barselona" Ispaniya Kubogi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda "Atletik" ustidan g‘alaba qozondi - 3:1.

Jamoa yarim himoyachisi Xavi Ernandes esa "ko‘k-anorranglilar" safidagi 24-sovrinini qo‘lga kiritib, bu borada "Real" sobiq futbochlisi Fransisko Xentoni (23 ta titul) ortda qoldirdi. Bu haqda «championat.com»ga asoslanib «Arena.uz» xabar bermoqda.

Xavi kataloniyaliklar tarkibidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. Futbolchi Ispaniya Kubogidan tashqari bir muddat avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari uning jamoasi 6 iyun kuni Chempionlar Ligasi finalida "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi.

35 yoshli tajribali xavbek 8 marta Ispaniya chempioni, 3 bor Ispaniya Kubogi, 6 marta mamlakat Superkubogi, 3 marta Chempionlar Ligasi, 2 marta UEFA Superkubogi va yana 2 bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi - Ispaniyadagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi