13:42 / 01.04.2017
5 864

Uzbek Tigers bosh murabbiyi WSB finalida ham Astana Arlans bilan jang qilmoqchi

Uzbek Tigers bosh murabbiyi WSB finalida ham Astana Arlans bilan jang qilmoqchi
Bugun bo‘lib o‘tadigan Uzbek Tigers va Astana Arlans o‘rtasidagi to‘qnashuvdan bir kun oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mezbonlar bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev qozog‘istonlik raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘ngildagidek o‘tganini ta’kidladi, deb yozadi «Daryo» nashri.

O‘ylaymanki, ertaga yigitlar o‘zlarining eng zo‘r jangini o‘tkazadi, tayyorgarlik ko‘ngildagidek kechdi. Nasib qilsa, janglarda g‘olib chiqib, muxlislarimizni xursand qila olamiz.

To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi

O‘zbekistonlik mutaxassisning fikriga ko‘ra, Astana Arlans uchun qolganlaridan farq qiladigan darajada tayyorgarlik ko‘rilmagan.

Biz barcha raqiblarga qarshi jang oldidan tayyorgarlik qilamiz. Barchasi reja asosida kechadi. Qaysidir raqib uchun alohida kuch bilan tayyorlanmaymiz.

To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers WSB’dagi ilk urinishida yarim finalga qadar etib borgan bo‘lib, Toshkent mezbonlik qilgan final janglarida ishtirok eta olmagandi.

Finalda ham Astana Arlans bilan uchrashishni istaymanmi? Albatta! Bunga qarshi emasman. Balki, mavsum oxirida final jangini shu erda o‘tkazib, huddi shu insonlar ishtirokida matbuot anjumani qilarmiz.

To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uzbek Tigers bosh murabbiyi WSB finalida ham Astana Arlans bilan jang qilmoqchi