Uzbek Tigers — Astana Arlans 4:1: G‘alaba muborak!

  • 01 aprel 2017, 22:17
  • 4 407
  • Sport
  • Uzbek Tigers — Astana Arlans 4:1: G‘alaba muborak!
    Astana Arlans klubiga qarshi ilk jangga -64 kilogramm vazn toifasida Elnur Abduraimov chiqib keldi. Uning raqibi 21 yoshli Dilmurod Mijitov bo‘lib, jang o‘zbekistonlik sportchining 3:0 hisobidagi g‘albasi bilan yakuniga etdi.
    Abduraimov va Mijitov jangi ehtiyotkorlik bilan boshlangan bo‘lsa-da, uning yakunida bokschilar anchagina faollashdi. Yakunda Elnur Abduraimov 50:45, 49:46, 48:47 hisobida ustun keldi.

    56 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston klubi sharafini Abdulhay Shorahmatov himoya qildi va qozog‘istonlik Ilyas Suleymanovga qarshi ringga chiqdi. Jang Shorahmatovning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan intixo topdi — 48:47, 48:47, 50:45.

    75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga o‘zbekistonliklardan Isroil Madrimov chiqdi. Uning raqibi Saparboy Aydarov bo‘lib, qozog‘istonlik bokschi o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolishning uddasidan chiqa olmadi. Madrimov har uch referidan ustunlik ko‘rsatilgan hisoblarni qabul qilib oldi: 50:44, 50:44, 49:45.

    Kunning to‘rtinchi jangida eng og‘ir vazndagi sportchilar ringga chiqdi — Zuxriddin Mahkamov va Anton Pinchuk. -91 kilogrammli bokschilar jangida qozog‘istonlik sportchining qo‘li baland keldi va u hisobning 3:1 bo‘lishini ta’minladi.
    Zuxriddin Mahkamov esa xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi — 45:50, 45:50, 46:49.

    Kunning beshinchi jangida eng yengil vazndagi sportchilar ringga chiqdi — Hasanboy Do‘stmatov va Temirtas Jusupov. -49 kilogrammli bokschilar jangida o‘zbekistonlik sportchi raqibidan har uchala referi qaroriga ko‘ra ustun keldi — 3:0 (50:45, 49:46, 50:45).

    Ma’lumot uchun, tomonlarning Qozog‘istondagi uchrashuvida mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelgandi. Toshkentda esa shuning aksi takrorlanib, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan jamoa 4:1 hisobida zafar quchdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uzbek Tigers — Astana Arlans 4:1: G‘alaba muborak!