15:55 / 03.04.2017
4 548

Seul: Pxenchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada shimoliy koreyalik sportchilar ham ishtirok etishi mumkin

Seul: Pxenchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada shimoliy koreyalik sportchilar ham ishtirok etishi mumkin
Janubiy Koreya hukumati 2018 yilgi qishki Olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan shimoliy koreyalik sportchilarga hech qanday to‘sqinlik qilinmasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters"ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

«Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya hududida bo‘lib o‘tadigan sport tadbirlaridagi ishtirokiga keladigan bo‘lsak, agarda ular barcha kerakli qoidalar va jarayonlarga amal qilishsa, biz ularning kelishiga qarshilik qilmaymiz», - deyiladi Koreya Respublikasining birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi bayonotida.

Ma’lumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Seul: Pxenchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada shimoliy koreyalik sportchilar ham ishtirok etishi mumkin