10:30 / 05.04.2017
4 912

«Barcelona» - «Sevilya» uchrashuviga oid 10ta fakt

«Barcelona» - «Sevilya» uchrashuviga oid 10ta fakt
Ertaga Ispaniya chempionatining 30-turida "Barcelona" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi, deb yozadi "Fcb.uz".

Biz mazkur bellashuv haqidagi 10 ta faktni e’tiboringizga havola etamiz.

1. "Barcelona" va "Sevilya" shu kunga qadar La ligada 145 marta to‘qnash kelishgan. 78 o‘yinda kataloniyaliklar, 36 bahsda Sevilyaliklarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 293: 184 "Barsa"ning foydasiga!

2. Ushbu jamoalarning oxirgi 3 o‘yinida bir xil 2: 1 hisobi qayd etilgan.

3. "Sevilya" 4 o‘yindan buyon "Kamp Nou"dan ochkosiz qaytmoqda.

4. "Barcelona" o‘z maydonida "Sevilya"ga oxirgi marta 2002 yili yutqazgan edi.

5. 1940 yilning 29 sentyabrida "Sevilya" o‘z maydonida "Barcelona"ni daxshatli 11: 1 hisobida taslim etgan.

6. 1949 yilning 25 sentyabrida esa "Barcelona" o‘z maydonida Sevilyaliklar ustidan 7: 0 hisobida ustun kelgan.

7. "Sevilya" barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 5 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.

8. "Barcelona" La ligadagi so‘ngi 9 o‘yinning 8 tasida 3 ochkodan qo‘lga kiritgan.

9. Messi "Sevilya"ga qarshi kechgan so‘ngi 9 o‘yinning 8 tasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan.

10. Suares shu kunga qadar Sevilyaliklar darvozasini atigi bir marta aniq nishonga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barcelona» - «Sevilya» uchrashuviga oid 10ta fakt