11:35 / 05.04.2017
4 742

«Barselona»ga o‘yinni sotgani gumon qilingan jamoa direktori va bosh murabbiysi hibsga olindi

«Barselona»ga o‘yinni sotgani gumon qilingan jamoa direktori va bosh murabbiysi hibsga olindi
Ispaniya polisiyasi Ispaniya uchinchi divizionida qatnashadigan «Eldense» jamoasi murabbiysi Filippo Vito di Perroni qamoqqa oldi, deya xabar bermoqda Guardian nashriga tayanib "Sof.uz" sayti.

O‘tgan haftada Ispaniya chempionatining uchinchi divizionida «Barselona B» jamoasi «Eldense» ustidan 12-0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shundan so‘ng jamoa futbolchilaridan biri Shayx Sa’d o‘yin kelishilgan bo‘lgani haqida bayonot bergan. Hujumchi o‘yinning kelishilishida jamoaning 4 nafar o‘yinchisi ham ishtirok etganini ma’lum qilgan.

Shayx Sa’dning aytishicha, o‘yinning birinchi taymida 8-0, yakunda esa 12-0 hisobi qayd etilishi oldindan ma’lum bo‘lgan. «Eldense» futbolchisi o‘yinning kelishilishida «Barselona B» a’zolarining aybi yo‘qligini, ular o‘z vazifalarini bajarishganini ham ta’kidlagan.

Italiyalik murabbiy dushanba kuni Elda shahrida hibsga olingan. U bilan irga jamoasi direktori Nobile Chapuani ham qo‘lga olingan. Polisiya o‘yinning kelishilgani xususida futbolchilardan shikoyat tushganini ma’lum qildi. Gumondorlar o‘zlariga qo‘yilgan ayblovni rad etishmoqda.

12-0 hisobidagi g‘alaba ispaniya 3 divizioni tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘yindan so‘ng «Eldense» futbolchilari musobaqada qatnashishdan bosh tortishgan. Jamoa italiyalik investorlar bilan shartnomani ham bekor qilgan.

Jamoa prezidenti David Agilarning aytishicha, murabbiy o‘yinni kelishish orqali onlayn qimordan pul ishlashni maqsad qilgan. «Eldense» jamoasi 1921 yilda tashkil topgan bo‘lib, asosan ikkinchi va uchinchi ligalarda o‘ynab keladi. «Barselona B» jamoasi esa «Barselona» superklubining yoshlar jamoasi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona»ga o‘yinni sotgani gumon qilingan jamoa direktori va bosh murabbiysi hibsga olindi