12:34 / 06.04.2017
5 128

Ravshan Haydarov "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ravshan Haydarov "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar sababli "Paxtakor"da bosh murabbiy o‘zgardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.

Klub rahbariyati Grigoriy Kolosovskiyni "Mash’al"ga boy berilgan uchrashuvdan keyin iste’foga chiqarish haqida qaror qabul qildi. Uning o‘rniga "Paxtakor"ga begona bo‘lmagan Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ravshan Akmalovich 2006-07 va 2010-11 yillarda ham jamoamizga ustozlik qilgan. Bosh murabbiy sifatida "Paxtakor" bilan ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqqan.

Ravshan Haydarovga jamoa bosh murabbiyi lavozimida omad tilaymiz. Umid qilamizki, u bizni yana muvaffaqiyatlar sari boshlab boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlandi