16:08 / 06.04.2017
5 229

«Paxtakor» – «Metallurg» o‘yinida avtomobil yutib oling!

«Paxtakor» – «Metallurg» o‘yinida avtomobil yutib oling!
"Paxtakor" oliy liganing 5-turida 7 aprel, juma kuni Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bahs o‘tkazadi. Bellashuv "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi, deb yozadi "Uff.uz".

Mazkur uchrashuvda "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda. Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz "Omadli muxlis" sovrinli aksiyasida ishtirok etib, asosiy sovg‘a sifatida "Damas" avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, stadionga kelgan muxlislar barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin va bu borada zarur ishlar amalga oshiriladi.

Chiptalarni 10 va 20 ming so‘mdan markaziy stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Mavsumiy abonementlar esa 180 ming so‘mdan sotilmoqda. Batafsil ma’lumot uchun +998712413723 raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» – «Metallurg» o‘yinida avtomobil yutib oling!