20:05 / 02.06.2015
8 650

Fransiya polisiyasi Ronalduni ko‘chada kichik hojat qilayotganda tutib oldi

Fransiya polisiyasi Ronalduni ko‘chada kichik hojat qilayotganda tutib oldi

Fransiyaning San-Trope shahri polisiyasi Madridning «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduni shahar ko‘chalaridan birida kichik hojatini chiqarayotganda ko‘rib qolib, unga og‘zaki ogohlantirish berdi. Bu haqda «The Daily Mirror»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 1 iyun tongida sodir bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi do‘stlari bilan Le Quai klubidan chiqib, mehmonxonaga yo‘l olgan vaqtda Ronaldu ko‘chadagi avtomobillardan birining ortiga o‘tib kichik hojat qilgan.

Polisiyachilar Ronalduning oldiga kelib, jamoat joyida bunday harakat mumkin emasligini ma’lum qilgan va bu hududni tark etishni so‘ragan. Futbolchi polisiyachilarning ko‘rsatmasiga bo‘ysunib, voqea joyini tark etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiya polisiyasi Ronalduni ko‘chada kichik hojat qilayotganda tutib oldi