08:49 / 07.04.2017
3 222

«Leganes» – «Real Madrid». O‘yindan keyingi fikrlar

«Leganes» – «Real Madrid». O‘yindan keyingi fikrlar
Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan bahsda madridliklar safarda «Leganes»ni mag‘lub etdilar. Ushbu o‘yindan keyin bildirilgan fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Zinedin Zidan: Xamesni to‘g‘ri tushunaman

O‘yin haqida


«Eng asosiysi biz uch ochko qo‘lga ko‘ritdik. O‘yin o‘zgacha chiqdi: biz bahsni yaxshi boshladik va uchta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik, ammo undan keyin kutilmaganda darvozamizdan ikki martta to‘p olib chiqdik va bizda muammolar paydo bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘limda o‘zimizga kelib oldik, to‘rtinchi golni kiritdik va uch ochkoga ega bo‘ldik».

O‘tkazib yuborilgan gollardan keyingi holat haqida

«Biz deyarli bir daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yubordik, bu albatta yaxshi holat emas. Ammo bunday vaziyatlar bo‘lib turadi va shuni anglagan holda oldinga intilishimiz lozim. Bir tomondan bu futbolning beqiyosligiga yana bir misol – sen hech qachon nima bo‘lishini oldindan bilmaysan. Muhimi derbi oldidan g‘alabaga erishdik.

Xames Rodriges va uning almashtirishdan keyingi noroziligi haqida

«Men uni juda yaxshi tushunaman. Ha, men ushbu o‘zgartirishni amalga oshirishim kerak edi. Xames bilan hali gaplashganim yo‘q , ammo bu odatiy hol, har bir futbolchi maydonda 90 daqiqa harakat qilishni xohlaydi. Boshqa bu haqida gapirishni istamayman, o‘yin borasidagi fikrlar bundan muhimroq, aytgancha Xames juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yana va yana qaytaraman menda unga nisbatan hech qanday adovat yo‘q, aksincha men uning o‘yinini yuksak qadrlayman. Uni ko‘pincha almashtirishimga to‘g‘ri keladi, chunki u hujumkor futbolchi va o‘yinning borishi shuni taqozo etadi».

Jamoaning derbidan oldingi holati borasida

«Biz yaxshi formadamiz, ammo barcha o‘yinlar turli xil ssenarida kechadi va men hech qanday bashorat qilmoqchi emasman. Shanba oqshomida bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi, ko‘ramiz nima bo‘lar ekan».

Marko Asensio haqida

«Marko juda yaxshi o‘yin namoyish etdi va bundan ajablanish shart emas, uning mahorati bizga ma’lum. Asosiy tarkibda tushadigan har bir futbolchi raqibga maksimal darajada muammo tug‘dira olishi kerak, aynan shuning uchun u maydonga tushiriladi. Bizning jamoada asosiy tarkib va zaxira o‘yinchilari o‘rtasida katta farq yo‘q. Bizning oldimizda katta vazifa bor va biz hammamiz bir kemadamiz. Qisqasini aytganda, bizga jamoada mavjud barcha futbolchilar kerak».

Bo‘lajak bahslar haqida

«So‘nggi ikki o‘yinda olti ochko qo‘lga kiritdik, bu esa jiddiy o‘yinlar oldidan bizga ishonch bag‘ishlaydi. Oldinda bizni muhim o‘yinlar kutib turibdi va ularda bo‘shashishga haqqimiz yo‘q. Shanba kunidagi uchrashuvda natijaga erishish uchun borimizni beramiz».

Bundan tashqari Qirollik klubining bir qator futbolchilari ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Marko Asensio

«Hozirda har bir o‘yin biz uchun finalga tengdir. Uch ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman, biroq shanba kunidagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bugun yaxshi o‘yin namoyish etdik va g‘alaba qozondik.

Bugun o‘yin amaliyotga ega bo‘lganimdan va jamoaga foydam tekkanidan shodman. Men har doim mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan harakat qilaman, chunki har bir berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishim kerak».

Lukas Vaskes

«O‘yinning ilk 20 daqiqasi jamoa juda uchun ajoyib o‘tdi – biz uchta gol kiritishga erishdik. To‘g‘ri, raqib farqni minimumgacha qisqartirdi va bizga etarlicha muammo tug‘dirdi. Biroq tanaffusdan so‘ng vaziyatni qo‘lga oldik va to‘rtinchi golni kiritishga erishdik.

Derbiga yaxshi kayfiyatda yo‘l olmoqdamiz, ketma-ket g‘alabalar bizga ishonch bag‘ishlamoqda. «Atletiko»ni yutishni va muxlislarimizni xursand qilishni istaymiz».

Alvaro Morata uchun xursandman: u mashg‘ulotlarda jon jahdi bilan harakat qiladi va maydonga tushar ekan o‘zining bor kuchini sarflaydi. Morata kabi futbolchi safimizda harakat qilayotganidan shodman».

Manba: Uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Leganes» – «Real Madrid». O‘yindan keyingi fikrlar