11:55 / 07.04.2017
4 707

Xorxe Sampaoli «Inter»ni boshqarishi mumkin

Xorxe Sampaoli «Inter»ni boshqarishi mumkin
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli yozda "Inter" boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin, deb yozadi "Uff.uz".

Calciomercato nashri xabarlariga ko‘ra, "Inter"ning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan yomon natijasidan so‘ng klubning xitoylik xo‘jayini Stefano Piolini o‘rniga boshqa nomzod izlashga tushgan.

Oldinroq, "Inter" rahbariyati jamoa boshqaruviga "Monako" ustozi Leonardu Jardim olib kelishi aytilayotgandi.

Shuningdek zahirada Luchano Spalletti nomi ham keltirilgan.

Aytish joizki, mazkur murabbiylar orasida Xorxe Sampaoli birinchilardan bo‘lib turibdi.

Chunki xitoylik xo‘jayinlar bosh murabbiy lavlzimida aynan argentinalik mutaxassis ishlashini istashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorxe Sampaoli «Inter»ni boshqarishi mumkin