19:48 / 07.04.2017
5 165

Toni Kroos: Zidan kelgunga qadar «Real»da ichki muhit u qadar yaxshi emas edi


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa muvaffaqiyatida bosh murabbiy Zinedin Zidanning ulushi katta ekanini ta’kidladi, deb yozadi "Uff.uz".

"Zidan jamoani qabul qilib olgani hamono juda katta ta’sir o‘tkazdi. Mana 15 oydirki uning qo‘l ostida o‘ynamoqdamiz.

Zidan kelgunga qadar jamoadagi muhit u qadar yaxshi emas edi. Ammo u barchasini o‘zgartirib yubordi. Zidan ajoyib ichki muhit shakllantirdi va ish tizimini mutlaqo boshqacha yo‘nalishda olib bordi", - deydi Kroos.

Eslatib o‘tamiz, "Real" Rafael Benites qo‘l ostida yomon natija qayd eta boshlagach uning o‘rniga Zinedin Zidan taklif etilgan va jamoa o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toni Kroos: Zidan kelgunga qadar «Real»da ichki muhit u qadar yaxshi emas edi