13:55 / 08.04.2017
5 876

Angliya chempionati. Bugun 32-tur boshlanadi


Bugun Angliya Premer-ligasining 32-tur uchrashuvlariga start beriladi. Doimgidek, futbol muxlislarini bir qator qiziqarli bo‘lgan o‘yinlar kutib turibdi, deb yozadi "Uff.uz".

Jumladan, turni "Tottenxem" - "Uotford" o‘yini ochib beradi. Bosh sovrin uchun kurash olib borayotgan "taqachilar" g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqishadi.

Mazkur o‘yindan keyin bir yo‘la beshta bahs bir vaqtda boshlanadi. Ular orasida "Stok Siti" - "Liverpul" hamda "Manchester Siti" - "Xall Siti" o‘yinlar ham bo‘ladi. Klopp va Gvardiola shogirdlarida uch ochko olish imkoni bor.

Musobaqa karvoboshisi "Chelsi" esa bu turda "Bornmut" uyiga safar qiladi. "Everton" o‘zida "Lester"ni kutib oladi.

Mourinyuning "Manchester Yunayted" jamoasi "Sanderlend" uyida mehmon bo‘ladi. "Arsenal"ni "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yin kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya chempionati. Bugun 32-tur boshlanadi